AsosiySport

"Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi"

Prezident Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

'"Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi"'ning rasmi

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.

“Siz, aziz sportchilar Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlarida rekord natijalarga erishib, mamlakatimizga mana shunday bayram ruhini olib keldingiz.

Barchangizni olamshumul yutuq va natijalaringiz bilan o‘z nomimdan, el-yurtimiz nomidan chin yurakdan samimiy tabriklayman”,  - dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Ushbu xalqaro sport anjumanida dunyoning 168 ta davlatidan 4 ming 400 ga yaqin eng kuchli va mahoratli sportchilar ishtirok etgani uning nufuzi va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi. 

“Shu ma’noda, Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Siz, azmu shijoatli farzandlarimiz g‘oyat keskin bellashuvlarda yuksak marralarni egallab, musobaqalarning haqiqiy qahramonlariga aylandingiz”,  - dedi Prezident.

O‘zbekiston jamoasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza – jami 26 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Osiyo qit’asida 3-o‘rinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagani ta’kidlandi.

Paralimpiya o‘yinlarida bunday rekord natija ilgari hech qachon bo‘lmagani qayd etildi.

“Bu – sizlarning tinimsiz mehnatingiz, bukilmas irodangiz, iste’dod va mahoratingiz samarasidir. Bu – yurtimizda inson qadrini amalda ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarimiz natijasidir.

O‘z Vatanini jonu dili bilan sevadigan, metin irodali, yuragida o‘ti bor insonlargina shunday ulug‘ ishlarga qodir bo‘ladi.

Xalqimiz sizlar bilan cheksiz faxrlanadi. Katta rahmat sizlarga!”,  - dedi davlatimiz rahbari.

Tokio Paralimpiya o‘yinlaridan so‘ng keyingi safar albatta kuchli “o‘n beshtalikka” kiramiz, deb ezgu niyat qilingan edi.

O‘tgan yillar davomida shu maqsad yo‘lida tinimsiz mehnat qilindi. Sportchilarimiz uchun barcha zarur sharoitlar yaratilib, yuksak marralar uchun puxta zamin tayyorlandi.

Natijada O‘zbekiston bu yilgi Paralimpiya o‘yinlarida birinchi marta eng ko‘p tarkib bilan, ya’ni 9 ta sport turi bo‘yicha 65 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Ayniqsa, para velosport bo‘yicha vakillarimiz ushbu musobaqalarda ilk bor qatnashganini alohida e’tirof etish lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jurgen Klopp "Liverpul"ga qaytishi mumkin'ning rasmi

    Sport 21.10.2025 12:08

    Jurgen Klopp "Liverpul"ga qaytishi mumkin

    Mutaxassislarning aytishicha, bu nazariy jihatdan istisno emas.

    ''ning rasmi

    Sport 17.10.2025 19:12

    '19 yoshli qozog‘istonlik futbolchi o‘yin vaqtida vafot etdi'ning rasmi

    Sport 17.10.2025 10:46

    19 yoshli qozog‘istonlik futbolchi o‘yin vaqtida vafot etdi

    "Xan-Tengri" hujumchisi Dias Tuleu ikkinchi boʻlimda oʻzini yomon his qilgan va tibbiy yordamga qaramay hayotdan koʻz yumgan.

    ''ning rasmi

    Sport 16.10.2025 19:57

    ''ning rasmi

    Sport 16.10.2025 18:49

    '"Chelsi" bosh murabbiyi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Sport 16.10.2025 12:22

    "Chelsi" bosh murabbiyi jarimaga tortildi

    Murabbiyning "Liverpul"ga qarshi o‘yindagi hissiyotli harakati muammoga aylandi.