O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a`zosi Muhammad Iltaf Shayx bilan uchrashuv bo`ldi, deb yozadi O`zA.
Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo`mitasi raisi S.Safoev bilan suhbatda O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari ulkan ekani qayd etildi.
Muhammad Iltaf Shayx uchrashuv chog`ida saylovchilarning huquqiy madaniyati, siyosiy jarayonlardan xabardorligi oshganini ta`kidlab o`tdi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz parlamentlari o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida so`z yuritildi.





