- Oila qurish!
- Oilasining xotirjamligi va tinchligini saqlash, uni asrab-avaylash!
- Ikkita erkakni tarbilash: eri va o`g`lini...
- Ro`zg`or yumushlarini va kasbini bir-biriga halal bermaydigan darajada olib borish.
- Ro`zg`or ishlarini o`z qo`liga olish, ularni a`lo darajada yuritish.
- Jufti haloliga tani, ruhi va fikri bilan vafodor bo`lish.
- Turmush o`rtog`i uchun eng yaqin do`st bo`lishga erishish.
- Eri uchun eng go`zal, maftunkor, jozibali va eng aqlli ayol bo`lish.
- Erkakni ilhomlantirish, katta-katta ishlarga undash.
- O`zining salomatligi va tashqi ko`rinishi haqida unutmaslik! Doim go`zal bo`lishga intilish.
- O`zidan hech narsani ayamaslikni o`rganish. “Menga shunisi ham bo`laveradi” degan gapni tamomila unutish!
- O`ziga oro berishni bilish! Buning uchun qimmatbaho zeb-ziynatlar shart emasligini bilish.
- Chiroyli, bejirim kiyimlar bilan o`zini xushnud etish. O`ziga yarashgan liboslarni kiyish.
- Ayollarga xos nazokatni yo`qotmaslik!
- Eri bilan ham jismoniy, ham ruhiy yaqinlikni his qilish. har qanday holatda ham eri bilan to`shagini alohida qilmaslik!
- Juftini ardoqlash, sevish va hurmat qilish.
- Chiroyli va shirin gaplar bilan erini maqtab turish.
- Eriga bo`ysunishni bilish. Vaqtida “xo`p bo`ladi”ni ayta olishni unutmaslik!
- O`z his-tuyg`ularini boshqarishni o`rganish.
- Sabr-toqatli bo`lish. Kerakli vaqtni kuta bilish.
- Mayin va past ovozda so`zlash. Ishoning, baland ovozda gapirgandan ko`ra bu siz uchun samaraliroq bo`ladi.
- E`tiborli bo`lish. Hech narsani ko`zdan qochirmaslikka harakat qilish.
- Farzandlarni tarbiyalash, oq yuvib, oq tarab, o`stirish.
- Yuqoridagi barcha ishlarni mehr-muhabbat bilan bajarish.
- Erkak kishi bajaradigan ishlarning birortasini ham o`z zimmasiga olmaslik!
02.12.2016 05:20





