Futbol bo`yicha Janubiy Afrika Respublikasi chempionatida darvozabon noodatiy tarzda chiroyli gol kiritdi.
“Baroka” va “Orlando Payrets” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda “Orlando Payrets” jamoasi 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
Uchrashuvning so`nggi soniyalarida “Baroka” darvozaboni Masuluke Oskarine jamoadoshlariga yordam berish uchun raqib jarima maydonchasiga bordi va ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi.
Quyida ushbu holat aks etgan videoni tomosha qiling.





