Mahalliy OAV vakillarini birlashtirgan nodavlat media-sektor tomonidan O`zbekistonda birinchi bor tashkil etilgan “Press Club: Elections.uz-2016” doirasida turli madaniy tadbirlar ham o`tkazish rejalashtirilgan.
Bugun press-klub ochilishi munosabati bilan O`zbekiston Elektron OAV milliy assosiasiyasining qabul marosimi va konsert dasturi tashkil etilmoqda. Ushbu tadbir doirasida O`zbekistonning 15 ta nodavlat telestansiyasi tomonidan taqdim qilinadigan O`zbekistonning eng yaxshi taomlari taqdim etiladi.










