Myunxenning “Bavariya” jamoasi rahbariyati klub yarim himoyachisi Frank Riberi bilan 2017 yilga mo`ljallangan shartnomasini uzaytirdi.
BBC Sport nashrining ma`lum qilishicha, tomonlar 2018 yilning yozigacha qadar davom etadigan yangi bitim imzoladi.
Ma`lumot uchun, fransiyalik futbolchi “Bavariya” tarkibida 2007 yildan buyon to`p surib kelmoqda. Shu kungacha u myunxenliklar safida 213 o`yinda maydonga tushib, 72 ta gol kiritgan.





