Keyt Middlton (Kate Middleton) va Shahzoda Uilyam (Prince William) o`zlari orzu qilgan, ayni paytda Qirolicha Elizaveta II o`tirgan taxtdan benasib qolishlari mumkin, deb xabar berdi “Rrikolno.cc” nashri.
Shahzoda Uilyamning uning oilasida tinchlik, xotirjamlik hukm surayotgani haqidagi gaplariga qaramay, rafiqasi Keyt Middlton bilan ajrashishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar kuchayib ketdi. OAVlarning xabar berishicha, Shahzoda Uilyamning oilasi o`zi aytgani kabi tinch emas.
Ammo na Keyt Middlton, na Shahzoda Uilyam bunday ayblovlarga javoban biror izoh berishni lozim ko`rmadi.
Qirolicha Elizaveta II ning o`zi nabirasi va uning rafiqasiga shubha bilan qaraydi. Ularning ota-onasi Shahzoda Jorj va Malika Sharlottani boshqa ishlar bilan band bo`lib, farzandining tarbiyasiga etarli darajada vaqt ajratmagan, deb hisoblaydi va bu narsa uni qoniqtirmaydi. Uning fikricha, qirol va qirolicha hamma narsaga ulgurishi kerak.
Manbaning xabar berishicha, Elizaveta II Garrining yangi ma`shuqasi Megan Marklga e`tibor qaratib, aynan u eng qiyin vazifa bo`lgan — mamlakatni boshqarish vazifasini eplashiga ishonch bildirgan.





