Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Shohrux G`ulamov hamda Akram Aliev investisiyalar, sanoat va savdo vaziriga o`rinbosar vazifasini bajaruvchilar etib tayinlandi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov ma`lum qildi.
Shohrux G`ulamov (1990 yilda tug`ilgan) tayinlovga qadar mazkur vazirlikning xalqaro hamkorlik departamenti boshlig`i lavozimida ishlab kelgan. U, shuningdek, MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo`yicha komissiyada O`zbekistonning vakolatli vakili sifatida ham ishlagan.
Akram Aliev (1991 yilda tug`ilgan) esa vazirlik departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Ma`lumot uchun, 2024 yil yanvarida prezident tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o`rinbosari Badriddin Abidovni lavozimidan ozod qilgandi. O`sha oyning o`zida “O`zmetkombinat” boshqaruvi raisi birinchi o`rinbosari Dilshod Ahmedov investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o`rinbosari etib tayinlangandi.






