AsosiyJamiyat

Jizzaxda voyaga etmagan bola harakatlanayotgan attraksiondan yiqilib tushdi

'Jizzaxda voyaga etmagan bola harakatlanayotgan attraksiondan yiqilib tushdi'ning rasmi

Jizzax shahridagi O`rda istirohat bog`ida noma`lum shaxs harakatdagi attraksiondan yiqilib tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va profilaktika inspektorlari tomonidan o`rganish ishlari olib borildi. Bu haqda Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 1 iyun kuni soat 20:00 atrofida Paxtakor tumanida yashovchi 2007 yilda tug`ilgan M.O`. oila a`zolari bilan birgalikda Jizzax shahrida joylashgan "O`rda ekologik istirohat bog`i"ga aylanish uchun borgan.

Voyaga etmagan shaxs attraksionda uchish vaqtida operatorlarning ogohlantirishlariga qaramasdan, o`zining ehtiyotsizligi oqibatida attraksion to`liq to`xtamasdan himoya kamarini echib yuborib, yiqilgan.

Bola attraksiondan yiqilishi natijasida hech qanday tan jarohati olmagan va mazkur holat sodir bo`lgan vaqtda attraksionda nosozliklar bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar