AsosiyDunyo

Daniya bosh vaziri Kopenhagenda hujumga uchradi

'Daniya bosh vaziri Kopenhagenda hujumga uchradi'ning rasmi

7 iyun, juma kuni Kopengagenda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenga hujum uyushtirildi. Bu haqda CNN News xabar berdi.  

Hodisa hukumat rahbari ko`chalardan birida aylanib yurganida sodir bo`lgan.

Daniya axborot agentliklari xabariga ko`ra, hukumat rahbari Daniya poytaxtining Eski shaharchasidagi Kyltorve maydonida bo`lganida noma`lum erkak unga yaqinlashib, uni urgan.

Hujum qilgan erkak polisiya tomonidan qo`lga olingan.

Hukumat idorasi ta`kidlaganidek, bosh vazir "bo`lib o`tgan voqeadan hayratda qoldi". Frederiksenning o`zi bu borada hech qanday bayonot bermadi.

    Boshqa yangiliklar