Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz 1 iyun bayram munosabati bilan yuzaga kelgan tirbandliklarda viloyatliklarni ayblab, Instagram'ga video joylagan edi. Uning viloyatliklarni qo`pol so`zlar bilan haqorat qilishi katta muhokamalarga sabab bo`ldi.
Qizning bu hatti-harakati Yakkasaroy tuman sudida ko`rib chiqilib, unga nisbatan MJtKning 183-moddasiga asosan, 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Buni qarangki, qizning otasi asli qo`qonlik, onasi qashqadaryolik bo`lib chiqdi.
Qizning otasi hamma qarindoshlari viloyatda yashashi, odamlar qizining gapini o`zlariga olmasligini iltimos qilgan.
"Misol uchun, qizimning onasi ham viloyatlik, qashqadaryolik. Men ham viloyatdanman. Qo`qonlikman", - deydi qizining otasi.






