AsosiyJamiyat

Bolalar sog`lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi

'Bolalar sog`lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi'ning rasmi

“Bolalar sog`lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-199-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko`ra,  tadbirkorlik sub`ektlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni jalb etgan holda belgilangan stasionar bolalar sog`lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o`zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

- oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta`mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta`mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta`mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.

Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va er uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni o`zini o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar