AsosiyJamiyat

Xorazmda "chorny piar" qilgan bloger qamaldi

'Xorazmda "chorny piar" qilgan bloger qamaldi'ning rasmi

Xorazmda Nexia-3 va Spark avtomashinalari haydovchilari yo`lda o`zaro gap talashib qolishi natijasida Nexia-3 haydovchisi Spark avtomashinasini to`xtatib, uning old peshoynasini oyoqlari bilan sindirgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Holat yuzasidan IIV JXD YHXX Matbuot xizmati izoh berdi

Aniqlanishicha, video tasvirda aks etgan holat insta-blogerlar tomonidan joriy yilning 21 may kuni sahnalashtirilgani ma`lum bo`ldi.

"Bu piar edi. Avtomashinadan tushib turib narigi avtomashinaning old peshoynasini sindirishim kerak edi. Bularning hammasi uyushtirilgan video. Qilgan ishimdan afsusdaman", - dedi huquqbuzar.

Ushbu holat yuzasidan MJtKning 183-moddasiga asosan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun sudga yuborilgan.

Sud hukmiga ko`ra, MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun ularning biriga 15 sutka yana biriga esa 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar