AsosiyJamiyat

Xorazmda o`qituvchi o`quvchini kaltakladi

'Xorazmda o`qituvchi o`quvchini kaltakladi'ning rasmi

Xorazmda o`quvchilarga qo`pol munosabatda bo`lib, kaltaklagan o`qituvchi ishdan olindi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video tarqalgandi. Ma`lum qilinishicha, voqea 23 may kuni Tuproqqal`a tumanidagi 6-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 6-sinf o`quvchilariga geografiya fani dars mashg`uloti o`tkazilayotgan paytda sodir bo`lgan.

O`qituvchi mazkur sinfning ikki nafar o`quvchisiga o`zaro gaplashib o`tirgani uchun tanbeh berib, ularga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lgan.

Shu voqeadan keyin o`qituvchi o`z xohishiga ko`ra ariza yozgan va ishdan bo`shatilgan.

    Boshqa yangiliklar