AsosiyJinoyat

Kredit o`zlashtirvorgan bank xizmatlari markazi rahbari qo`lga tushdi

'Kredit o`zlashtirvorgan bank xizmatlari markazi rahbari qo`lga tushdi'ning rasmi

Kredit mablag`larini o`zlashtirgan sobiq menejer va bank xizmatlari markazi rahbari aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Kasbi tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Yu.Sh. hududiy tijorat banki filiali bo`limi bosh menejeri lavozimida ishlagan davrida fuqaro T.Sh. bilan o`zaro til biriktirib, 12 nafar fuqaro nomidan ularning xabardorligisiz kredit shartnomalarini rasmiylashtirib, jami 304,3 mln so`m kredit mablag`larini olib o`zlashtirganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangier shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki Yangier shahar bank xizmatlari markazi sobiq rahbari I.B. va boshqalar fuqaro G`.S.ga ajratilgan 390 mln so`m kredit mablag`ini uning xabardorligisiz naqdlashtirib olishib, shundan 260 mln so`mini G`.S.ga berib, qolgan 130 mln so`mini o`zlashtirganliklari aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar