AsosiyJamiyat

Samarqandda 11 yoshli qizni “Damas” urib ketdi (video)

'Samarqandda 11 yoshli qizni “Damas” urib ketdi (video)'ning rasmi

Samarqandning Past Darg`om tumanida  "Damas" maktab o`quvchisini urib yuborgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Kuzatuv kamerasidan olingan videodan holat 31 mart kuni sodir bo`lganini ko`rish mumkin. Ushbu YTH sabab qiz bir umrga nogiron bo`lib qolgani, bir oyog`i kesib tashlangani aytilmoqda. 

Viloyat Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining 14 may kuni e`lon qilgan xabarida keltirilishicha, 2013 yilda tug`ilgan qiz ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida stasionar tartibda davolanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar