12 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keladi.
XXR TIV rahbari bilan Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama uchrashuvlar davomida O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.
Xitoy delegasiyasi tashrifi dasturidan Samarqand shahrida bo`lish ham o`rin olgan.





