Xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzaev ishtirok etdi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligining saytida xabar berildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Nurali Berdibaev o`z arizasiga binoan, tuman hokimi vazifasidan ozod etildi. Viloyat hokimi tavsiyasiga ko`ra, Pirmatboy Usarov Oqdaryo tumani tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Kattaqo`rg`on shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan viloyat hokimi Z.Mirzaev tashkiliy masalarni ko`rib chiqdi.
Kattaqo`rg`on shahar hokimi Shuxrat Rahmonov o`z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Bahodir Safiyulaevich Sadullaev viloyat hokimi tavsiyasiga ko`ra, shahar hokimi etib tasdiqlandi.





