AsosiySport

O`zbekiston – Iordaniya uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi

10 noyabr kuni O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda Iordaniya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi.

“Championat.asia”ning ma`lum qilishicha, ushbu o`yin chiptalari sotuvga chiqarildi. Chiptalarni "Paxtakor" stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. Narxlar CIP sektorlar uchun 15 ming so`m, qolgan barcha sektorlar uchun 10 ming so`mdan qilib belgilandi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston - Iordaniya uchrashuvi 10 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Boshqa yangiliklar