“Nissa” hujumchisi Mario Balotellining fikriga ko`ra, uning jamoasi Fransiya chemioni bo`lishga qodir. Uning so`zlarini “Championat.com” nashri keltirdi.
– “Nissa” mensiz ham yaxshi jamoa hisoblanadi. Men maydonga tushmagan paytlarda ham sheriklarim yaxshi o`ynadi. Jamoamiz turnir jadvalida peshqadam ekanidan farxlanaman, lekin men uchun bu etarli emas. Men ko`proq gol urishniva foyda keltirishni istayman, – dedi italiyalik futbolchi.
Ma`lumot uchun, ayni damda “Nissa” 29 ochko bilan Fransiya peshqadami bo`lib turibdi. Ikkinchi o`rinda borayotgan “Monako”da 26 ochko mavjud. PSJ ham 26 ochko bilan uchinchi o`rinda.





