Bugun, 4 noyabr kuni ertalab, Turkiyaning Diyorbakir shahrining Baglar tumanidagi xavfsizlik xizmati binosining yaqinida kuchli portlash bo`ldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Taxminiy ma`lumotlarga ko`ra, mina qo`yilgan avtomobil portlatilgan. OAVlarning xabar berishicha, 1 kishi halok bo`lgan, 30 kishi yaralangan. Voqea joyida tibbiyot xodimlari ishlamoqda.
Shahar ma`muriyati vakillari portlashni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi amalga oshirgan, deb hisoblamoqda.






