Bugun, 4 noyabr chorshanba kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida bolalar uchun juda qiziqarli futbol musobaqasi start oladi. Bu - “Kelajak Yulduzlari” bolalar futbol festivalidir!
Mazkur festival, championat.asia futbol portali tashabbusi bilan, “Nasaf” futbol klubi va “Mash`al” klublari hamkorligida tashkil etilmoqda. Musobaqada 2006 va 2007 yilda tug`ilgan futbolchilardan tashkil topgan jamoalar bahs olib borishadi.
Unda vohamizning jami 8ta jamoasi, 4-6 noyabr kunlari 3ta turdan iborat musobaqada bahslashadilar. Musobaqa uchrashuvlari Qarshidagi "Geolog" sport kompleksida bo`lib o`tadi.
2006 va 2007 yillarda tavallud topgan futbolchilar, quyidagi jamoalar sharafini himoya qiladilar.
IShTIROKChI JAMOALAR:
1. "Nasaf" (Qarshi)
2. "Mash`al" (Muborak)
3. "Gazchilar" (Muborak)
4. "Sho`rtan" (G`uzor)
5. BO`SM (Qarshi)
6. "Koson" (Koson)
7. BO`SM - 2007
8. "Nasaf"-2007 (Qarshi)
Musobaqa taqvimi:
1-tur . 4 noyabr.
10:00. "Koson" - "Nasaf"-2007
11:00. "Nasaf" - "Gazchilar"
12:00. "Mash`al" - BO`SM
13:00. BO`SM-2007 - "Sho`rtan"
2-tur. 5 noyabr.
10:00. BO`SM-2007 - "Gazchilar"
11:00. "Nasaf"-2007 - "Mash`al"
12:00. "Koson" - BO`SM
13:00. "Nasaf" - "Sho`rtan"
3-tur. 6 noyabr.
10:00. "Gazchilar" - BO`SM
11:00. BO`SM-2007 - "Koson"
12:00. "Nasaf"-2007 - "Sho`rtan"
13:00. "Nasaf" - "Mash`al"





