Amerikalik aktyor va prodyuser Stiven Sigal Rossiya fuqaroligini qabul qildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.
Mazkur farmonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzo chekdi. Unda “1952 yilning 10 aprelida Amerika Qo`shma Shtatlarida tug`ilgan Sigal Stiven Frederik Rossiya fuqaroligiga qabul qilinsin”, deb ko`rsatilgan.
Ilgari Rossiyaning Janubiy-Saxalinsk shahrida o`tkazilgan “Kray sveta” nomli xalqaro kinofestivalga mehmon sifatida tashrif buyurgan Stivan Sigalga Saxalin yoqib qolgan va bu erlarda tadbirkorlik ishlarini yuritish uchun kelajakda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligini aytgan edi.





