AsosiyJamiyat

Italiyada avtomobil yo`li qulab tushdi

'Italiyada avtomobil yo`li qulab tushdi'ning rasmi

Italiyaning Peskara shahrida kuchli suv toshqini tufayli avtomobil yo`li tunneli qulab tushdi, bu esa transportlar harakatida tartibsizlikka olib keldi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

O`sha paytda tunneldan o`tib ketayotgan mashina yiqilib tushgan vayronalarni chetlab o`ta olmay ularga borib urilgan.  

Baxtli tasodif tufayli haydovchi deyarli jarohat olmadi. Har ikki yo`nalishda ham harakat yopildi. Mahalliy hokimiyat vakillarining so`zlariga ko`ra, bunga kechagi noqulay ob-havo to`lqini va kuchli yog`ingarchilik sabab bo`lgan. Natijada tunnelning gidroizolyasiyasi va yuk ko`tarmaydigan qoplamasi buzilgan.

    Boshqa yangiliklar