Homiladorlik davri ona va bolaning salomatligida muhim ahamiyat kasb etuvchi davrdir. Shu sabab bu paytda homilador ayol ovqat rasioniga alohida e`tibor berishi kerak.
1. Dorivor o`tlar. Homiladorlik davrida har qanday o`tli damlamalarni ichishdan voz keching. Zaruriyat tug`ilgandagina shifokor bilan maslahatlashing.
2. Qahva. Ko`p miqdorda qahva qabul qilish nafaqat sizga, balki homilaga ham ta`sir ko`rsatadi. Yurak-qon tomirlariga ortiqcha og`irlik tushadi.
3. Baliq. Tunes, akula, marlin kabi yog`li baliqlarni umuman emang demaymiz, ammo me`yorni unutmang! Bunday baliqlar tarkibidagi yog` ona va bola uchun zararli.
4. Dengiz mahsulotlari. Ular asosan xom bo`ladi, shu sababli ham homilador ayollarga xavf tug`diradi.
5. Maxsus mog`orli pishloqlar. Bu turdagi pishloq tarkibida listeriozni chaqiruvchi bakteriyalar mavjud. Bu bakteriya hattoki homila tushishiga ham olib kelishi mumkin.
6. Sut. Qaynatilmagan sutni icha ko`rmang!
7. Chala pishgan go`shtni aslo emang. Tayyor qiymalarni sotib olishda ham uning yaroqlilik muddatiga ahamiyat bering.
8. Jigar. Jigar va jigarli pashtetni emaganingiz ma`qul. Jigar A vitaminiga juda boy, ammo bu vitaminning me`yordan oshig`i homila uchun xavfli bo`lishi mumkin.
9. Qo`ziqorinlar. Bu mahsulotdan tayyorlangan eguliklar hazm bo`lishi qiyin taomlar ro`yxatiga kiradi. Shuningdek, zaxarlanish ehtimoli ham kuchli.
10. Ziravorlar. Ular ona organizmida safroni ko`paytiradi. Bundan tashqari nafaqat tashqi, balki ichki a`zolar shishiga ham sabab bo`ladi.
11. Pechenelar. Do`konlardagi ta`m beruvchi qo`shimchalari ko`p bo`lgan pechenelar tarkibida, rivojlanayotgan homilaga zarar keltiruvchi akrilamid moddasi mavjud. Shuning uchun o`zingiz tayyorlagan pecheneni tanovvul qilganingiz ma`qul.
12. Konserva mahsulotlari. Tarkibida oqsillar sinteziga ta`sir ko`rsatuvchi ko`p miqdorda konservant va sirka bor. Qolaversa, yaroqlilik muddati o`tgan konservani bilmasdan iste`mol qilish, botulizm kasalligiga olib keladi.
13. Gazli suvlar. Bo`yoqlar, ta`m kuchaytirgichlar, ko`p miqdordagi shakar - jigar va buyrak faoliyatiga ta`sir ko`rsatib, rivojlanib kelayotgan homilaga kerakli ozuqalarni etkazib bera olmaydi.
14. Margarin. U hammaga birdek zararli, asosan homilador ayollarga. Tarkibidagi hayvon yog`lari bola va ona yurak faoliyatiga ta`sir ko`rsatmay qolmaydi.





