2 noyabr kuni Toshkentda O`zbekiston Futbol Federasiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamkorligida OFKning “A” toifali murabbiylik kurslari start oldi.
28 noyabrga qadar davom etadigan ushbu o`quv-kurslarida 24 nafar “A” toifali murabbiylik lisenziyasini qo`lga kiritishga da`vogarlar tahsil oladi. Ular qatorida O`zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Ulug`bek Baqoev ham bor.
Seminarlar FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov tomonidan olib bormoqda. Unga Usmon Toshev yordamchilik qiladi. O`quv jarayoni koordinatori – Shavkat Imomov.





