Italiya shahzodasi Filippo Korsini London shahrida yuk mashinasi ostida qolib, halok bo`ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 21 yoshli qadimiy oqsuyaklar sulolasi vakili bo`lgan shahzoda Londonning Ridjents universitetiga velosipedda yo`l olgan edi. Kutilmaganda yuk mashinasi uni ilib olib, 30 metr masofaga sudrab olib bordi.
Ayni paytda yuk mashinasining 42 yoshli haydovchisi hibsga olingan. Unga nisbatan inson o`limiga sabab bo`lish va transport vositasini ehtiyotsizlik bilan boshqarish singari ayblovlar qo`yilmoqda.
Korsini Londonda yil boshidan buyon halok bo`layotgan velosipedchilarning sakkizinchisi bo`ldi.





