O`zbekistonning milliy telekommunikasiyalar operatori “O`zbektelekom” kompaniyasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda kompaniya sayti xabar bermoqda.
“O`zbektelekom” bosh direktori lavozimini Shuhrat Qodirov egalladi. Bungacha mazkur lavozimda Abdurashid Abdumo`minov ishlagan.
Shuhrat Qodirov “O`zbektelekom” rahbari etib tayinlangunga qadar UZMOBILE milliy aloqa operatori direktori sifatida faoliyat yuritgan.





