Toshkent viloyati Angren shahar ichki ishlar bo`limiga shu shaharda yashovchi 28 yoshli ayol murojaat qilib, noma`lum shaxs uning qo`lidan Samsung rusumli qo`l telefoni tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu shaharda yashovchi 19 yoshli fuqaro sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





