O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2016 yildagi klublar o`rtasidagi Jahon chempionatida ishlash uchun taklif etildi.
8 – 18 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan ushbu musobaqa o`yinlarini boshqarib borish uchun har bir mintaqadan bittadan hakamlar brigadasi jalb etilgan. Osiyo Futbol Konfederasiyasidan Bahraynlik hakam Navof Shukrilla boshchiligidagi hakamlar brigadasi bu turnirda ishlaydi. O`zbekistonlik Ravshan Ermatov ushbu hakamlar brigadasiga video takrorlar bo`yicha yordamchi hakam sifatida kiritilgan.
Ta`kidlash kerakki, FIFA ushbu turnirda ilk bor futbol hakamlari ishini engillashtirish va qarorlar adolatliligini ta`minlashni mukammallashtirish maqsadida video takrorlar texnologiyasini amalga tadbiq qilib ko`radi.





