AsosiyJamiyat

Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi ishga tushirilada

'Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi ishga tushirilada'ning rasmi

2023 yilning 9 oy davomida jami 337 ta doping sinamalar olindi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi Axborot xizmatining xabar berdi.

Shu kunga qadar sportchining biologik pasportini aniqlash uchun 13 ta qon tahlillari olingan bo`lib, doping sinamalar maxsus laboratoriyalarga tekshirish uchun yuborildi.

Antidoping ma`muriyatchiligi va menejmenti ya`ni ADAMS tizimiga ma`lumotlarni o`z vaqtida kiritmagan 33 nafar sportchilarga ogohlantirish berildi va 5 ta sportchiga sportdan chetlatish jazo chorasi qo`llanildi.

Antidoping qoidabuzarligi jazo muddati tugagan 2 nafar sportchi professional sportga qaytdi.

Shuningdek, sportchilarga doping va uning profilaktikasi bo`yicha kerakli ma`lumotlar bilan ta`minlash maqsadida “Antidoping ta`limoti” dasturi hamda O`zbekistonda ro`yxatdan o`tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo`ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar