Boshlovchi Nilufar Sotiboldieva o`zining ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratlari internet foydalanuvchilari o`rtasida qiziqish uyg`otdi. Mazkur suratlarda Nilufar Sotiboldievaning yonida O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov, rossiyalik taniqli shoumen Ivan Urgant va xonanda Glyukozani ko`rish mumkin.
Internet foydalanuvchilari Nilufar Sotiboldievadan rostan ham Ivanning yonida suratga tushgani yoki bu xazil ekanligi so`rashganida, u xazil tariqasida “Biz ‘Vecherny Urgant’damiz”, deya javob berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, aslida Nilufar Sotiboldieva, Farruh Zokirov, Ivan Urgant va Glyukozalar bilan birga Moskvada bo`lib o`tgan to`ylardan birida boshlovchilik qilgan.








