AsosiyJamiyat

“Tashabbusli byudjet”da ovoz berishda fuqarolarni identifikasiya qilish tartibini joriy etish taklif qilindi

'“Tashabbusli byudjet”da ovoz berishda fuqarolarni identifikasiya qilish tartibini joriy etish taklif qilindi'ning rasmi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e`lon qilingan 2024—2026 yillar uchun Byudjetnomasi e`lon qilindi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda qaytd etilishicha, obodonlashtirish sohasidagi byudjet siyosatini yanada takomillashtirish bo`yicha tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yo`llarni ta`mirlash uchun ajratiladigan mablag`larning 100 foizi “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening yo`lim” loyihasi orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo`llarni ta`mirlashga yo`naltirish taklif etiladi. 

Bundan tashqari, 2024 yilda Vazirlar Mahkamasining “2021-2027 yillarda respublikadagi ko`p kvartirali uylarning lift uskunalarini ta`mirlash va yangilashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturga asosan respublikadagi 2 102 ta ko`p xonadonli uylardagi 523 ta lift uskunalarini almashtirish va ta`mirlash xarajatlari uchun 165,7 mlrd so`m, Respublikadagi issiqlik ta`minoti korxonalariga aholiga pasaytirilgan tariflarni qo`llash natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiya xarajatlari uchun 2 197 mlrd so`m pul mablag`lari ajratilishi prognoz qilinmoqda.

Kelgusi yildan boshlab mazkur jarayonlarni yanada kengaytirish hamda takomillashtirish bo`yicha Davlat dasturlari, qaror va farmoyishlarda bir qator vazifalar belgilab berildi. 

Shulardan:

a) tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini kengaytirish sohasida: tuman (shahar) byudjetlarida ko`zda tutilgan ichki yo`llarni ta`mirlash uchun ajratilgan mablag`lar to`liq “Mening yo`lim” loyihasi doirasida fuqarolarning tashabbuslari asosida yo`naltirilishi hamda ushbu maqsadlarda 2024 yilda 800 mlrd so`m mablag` yo`naltirilishi belgilandi; mahallalarning moliyaviy mustaqilligini oshirish va mahallalardagi yirik bo`lmagan loyihalarni amalga oshirish hamda muammolarni mustaqil hal etishni tashkil etish maqsadida “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilmoqda; 

b) Davlat byudjetini shakllantirishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirish sohasida: 2023 yilda “Ochiq byudjet” axborot portaliga kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to`plagan, lekin g`olib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bog`liq loyihalarni amalga oshirish xarajatlariga 2024 yil Davlat byudjeti loyihasida mablag`lar ko`zda tutish.

 v) Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, joylarda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaldagi tartibga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish orqali ovoz berishda fuqarolarni identifikasiya qilish mexanizmini joriy etish taklif etiladi.

    Boshqa yangiliklar