Oliy Liga yakunlanishiga 3 tur qolganida «Paxtakor» bu yil sovrindorlar qatoriga kira olmasligi oydinlashdi. Sababi «sherlar» oxirgi uchta turda har qanday holatda ham uchinchi o`rindagi “Nasaf”dan oshib keta olishmaydi.
Ochkolar teng kelib qolganida birinchi navbatda o`zaro o`yinlar inobatga olinadi. “Nasaf” o`zaro o`yinlarda «Paxtakor»dan ustun (2:1, 1:1).
11 karra O`zbekiston chempioni so`nggi bor 2013 yilgi mavsumda sovrindorlar qatoriga kira olmay to`rtinchi o`rinni band etgandi. Umuman olganda «sherlar» sakkizinchi bor oliy ligada kuchli uchlikka kira olmaydigan bo`lishdi.
Muborakda «Mash`al»ga qarshi bahsda xarchand harakat qilimasin “Gazchilar”ni mag`lub etishni uddasidan chiqolmadi «Mash`al» esa shu tariqa «Paxtakor»ni bu yil xam, Sovrinsiz jamoalar safidan joy olishiga uz xissasini qo`shdi.





