Osiyo Futbol Konfederasiyasiga a`zo mamlakatlar federasiyalarining yangi reytingi ma`lum qilindi.
Unga ko`ra O`zbekiston Futbol Federasiyasi 9-pog`onani band etib turibdi. Klublar hamda milliy terma jamoa o`yinlari hisobga olinadigan ushbu reytingda O`zbekiston 58.51 ochko to`plagan. Shundan klublar hisobiga 36.39 ochko to`g`ri kelsa, terma jamoa 22.12 ochko jamg`argan.
Bu reytingda Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 92.94 ochko bor.
Reytingning top 10 ro`yxati quyidagicha ko`rinish olgan.
- Janubiy Koreya – 92.94
- BAA – 86.37
- Saudiya Arabistoni – 84.68
- Eron – 79.62
- Qatar – 77.48
- Yaponiya – 73.85
- Australiya – 73.13
- Xitoy – 72.64
- O`zbekiston – 58.51
- Iroq – 37.87





