O`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovavlenko hamda yordamchi hakam Andrey Sapenko shu yilning noyabr oyida o`tkaziladigan “Suzuki” kubogini boshqarib borish uchun taklif etilishdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu musobaqa 19-25 noyabr kunlari Filippinning Manila va Bulakan shaharlarida bo`lib o`tadi.
Ta`kidlash kerakki, musobaqada 8 jamoa ikki guruhga bo`ligan holda ishtirok etishadi. “A” guruhidan Singapur, Tailand, Indoneziya va Filippin jamoalari joy olgan bo`lsa, “B” guruhida Vetnam, Kamboja,Malayziya va Myanma o`rin olgan.





