AsosiyJamiyat

Xorazmdagi xususiy bog`chada bolalar kaltaklangani aytilmoqda (video)

'Xorazmdagi xususiy bog`chada bolalar kaltaklangani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Joriy yil 18 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumanidagi xususiy bog`chalarning birida bolalarning kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Izohga ko`ra, voqea Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot xodimlari hamkorligida o`rganildi.

"O`rganish davomida voqea Xonqa tumanidagi “Adolat Dinora orzulari” nodavlat ta`lim muassasasida sodir bo`lgani aniqlandi.

Tarbiyachi Q.Z. tarbiyalanuvchilarga qo`pol munosabatda bo`lgani va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo`pol ravishda buzgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi", — deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar