Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,4 mln nafar O`zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
O`zbekistonliklar yanvar-sentyabr oylarida eng ko`p safar qilgan davlatlar:
— Qirg`iziston – 1,4 mln nafar;
— Tojikiston – 821 ming nafar;
— Qozog`iston – 565,2 ming nafar;
— Rossiya – 167 ming nafar;
— Turkiya – 147,3 ming nafar;
— BAA – 90,7 ming nafar;
— Saudiya Arabistoni – 48,4 ming nafar;
— Quvayt – 30,6 ming nafar;
— Misr – 20,2 ming nafar;
— Ozarbayjon – 14,5 ming nafar;
— Janubiy Koreya – 12,9 ming nafar;
— AQSh – 10,3 ming nafar;
— Hindiston – 7,4 ming nafar.






