Rossiyaning "Red Wings" aviakompaniyasi Qozon – Samarqand – Qozon yo`nalishi bo`yicha muntazam yo`lovchi qatnovlarini yo`lga qo`ymoqda.
2023 yil 30 oktyabrdan shaharlar o`rtasida parvozlar boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 tipidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.
"Red Wings" - Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi bo`lib, muntazam va charter yo`lovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi O`zbekistonning beshta shahridan Rossiya Federasiyasining beshta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda.
23.10.2023 15:52
Rossiyaning "Red Wings" aviakompaniyasi 30-oktyabrdan Qozon—Samarqand yo`nalishida muntazam parvozlarni yo`lga qo`yadi






