Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan soliq to`lovchilarning tanloviga ko`ra QQS, AOS, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlari bo`yicha soliq hisobotlarini Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etildi.
Bunda soliq to`lovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining to`g`riligi va to`liqligini tasdiqlaydi yoki hisobotni qayta ishlab, soliq organlariga taqdim etadi.
Sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarga tuzatish kiritish muddati keyingi soliq hisobotlarini topshirish davriga qadar uzaytiriladi.
Eslatib o`tamiz, bunga qadar tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantirilardi.
Mazkur qaror bilan 20.11.2020 yildagi VMQ-736-son qarorga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilib, “Soliq to`lovchining tanloviga ko`ra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi to`g`risida"gi nizom tasdiqlandi.






