Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`anning ta`kidlashicha G`azoda bolalar, ayollar va tinch aholini ommaviy qirg`in qilish orqali xavfsizlikni ta`minlab bo`lmaydi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
"G`arb davlatlari rag`batlantirgan va G`arb matbuoti tomonidan qonuniylashtirilgan bu jinnilikdan mintaqamiz tezroq qutulishi kerak. Men barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni G`azoda tezda o`t ochishni to`xtatish tashabbusini chin dildan qo`llab-quvvatlashga chaqiraman. Men Isroil hukumatini tinch aholiga hujumlarini kuchaytirmaslikka va vayronagarchilik harakatlarini darhol to`xtatishga chaqiraman", - dedi Turkiya rahbari.
Prezident Erdog`an G`azoga qilanadigan hujumlarni kengaytirish ko`proq og`riq, o`lim va ko`z yoshlarini olib kelishini aytadi.
"Bolalar, ayollar va tinch aholini o`ldirish, kasalxonalar, maktablar, masjidlar va cherkovlarni portlatish orqali xavfsizlikni ta`minlash mumkin emasligi aniq", - deya ta`kidladi u.
Prezident Erdo`g`anning qayd etishicha, musulmonlar, yahudiylar, nasroniylar va u erda yashovchi har bir inson xavfsizligini kafolatlaydigan yangi mexanizmlar yaratilishi bilan mintaqada barqarorlikka erishish mumkin.






