AsosiyJamiyat

Buxoro Perinatal markaziga pul evaziga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan fuqaro qo`lga olindi

'Buxoro Perinatal markaziga pul evaziga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqarolar Z.K. va D.K. o`zaro til biriktirib, fuqaro M.R.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro Perinatal markaziga ishga kiritib qo`yishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dallilar bilan  ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmalarsi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi bolalar tibbiyot reabilitasiya markazida bo`lim bo`lim boshlig`i G.X. fuqaro A.A.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga Nukus shahridagi oilaviy poliklinikaga ishga kiritib qo`yishini aytib, 22 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar