Eronda 4,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Seysmik hodisa 20 oktyabrga o`tar kechasi mamlakat janubida joylashgan Xan Zenyan qishlog`ida sodir bo`lgan.
Viloyat inqirozga qarshi shtab rahbari Farhod Sa`diyning so`zlariga ko`ra, voqea joyiga Qizil yarim oy guruhlari yuborilgan. Jabrlanganlarga ambulator tibbiy yordam ko`rsatildi. Seysmik hodisa tufayli kelib chiqqan er silkinishlari Sheroz shahrida (Fors viloyati) ham sezildi, deb xabar beradi mir24.tv.






