Toshkent xalqaro aeroportidagi yo`l o`tkazgich (estakada)da ruxsat etilgan to`xtash vaqtidan ortiqcha turgan haydovchilar jarimaga tortiladi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
2021 yil iyul oyidan boshlab Toshkent aeroporti estakadasiga kirish yo`lovchilar va kuzatuvchilar uchun ochilib, muayyan qoidalar o`rnatilgan. Xususan, turli toifadagi transportlar uchun — engil avtomobillar uchun — 5 daqiqagacha, turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun — 10 daqiqagacha to`xtab turish vaqti belgilangan.
Yo`l o`tkazgichning o`ng va chap qismlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda ham to`xtash taqiqlanadi. Shu paytga qadar yurish qoidalariga rioya qilish va yo`l o`tkazgichda harakatni tartibga solish aeroport xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan edi. Endilikda estakadada o`rnatilgan yo`l kameralari Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tizimlari bilan integrasiyalashgan.
1 noyabrdan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Xususan, to`xtash belgilangan vaqtidan oshib ketganda (to`xtab turish taqiqlanadi) va sariq chiziqda to`xtab turish uchun haydovchilarga jarimalar avtomatik tarzda belgilanadi.
Yo`l o`tkazgichda bir vaqtning o`zida 30 tagacha avtomobil yoki sayyohlik avtobuslarini hisobga olgan holda 17 tagacha avtomobil bo`lishi mumkin. Uzoq turishni rejalashtirayotgan haydovchilarga jo`nash terminali oldidagi avtomobil turar joylaridan foydalanish tavsiya etiladi, deyiladi xabarda.






