Sergelida ombor portlashi oqibatida uylardagi xonadonlarga etkazilgan umumiy zarar miqdori 14,5 mlrd so`mni tashkil etmoqda. Bu haqda Hukumat portalida ma`lumot berildi.
Qayd etilishicha, favqulodda vaziyat oqibatida 39 ta ko`p qavatli uylardagi 1370 ta xonadon hamda 246 ta erli xonadonning fasad, oyna-rom, eshik va tom qismiga ziyon etkazilgan. Shuningdek, hududdagi 305-son umumta`lim maktabi (1250 o`rinli) va 600-son bog`chaning (720 o`rinli) deraza-romlari, eshik va fasad qismiga zarar etgan.
Hozirda ushbu ob`ektlarga pudrat tashkiloti biriktirilib, qurilish-ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.






