Yakkasaroy tumani Bobur ko`chasining Toshkent Xalqaro aeroportidan Muqimiy va Nukus ko`chalari bilan kesishmasigacha bo`lgan qismida yo`l ta`mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli, joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 10:00 dan 25 oktyabr kunigacha yo`lning bir tomoni transport harakati uchun yopiladi, har ikki yo`nalishda harakatlanish yo`lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi.
Haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.






