AsosiyDunyo

G`azodagi vayronalar ostida 1200 ga yaqin odam bo`lishi mumkin

'G`azodagi vayronalar ostida 1200 ga yaqin odam bo`lishi mumkin'ning rasmi

Isroil kuchlari tomonidan G`azo sektorini bombardimon qilish chog`ida qulagan binolar vayronalari ostida kamida 1200 kishi qolgan bo`lishi mumkin. Bu haqda Falastin Sog`liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Qudra ma`lum qildi.

“Falastin hukumatiga G`azodagi binolar vayronalari ostida bedarak yo`qolganlar bo`yicha 1200 ga yaqin murojaat kelib tushgan”, — deb ta`kidladi al-Qudra. 

Uning qo`shimcha qilishicha, 500 ga yaqin murojaat yo`qolgan bolalar bilan bog`liq.

“Umid qilamizki, ularning ko`plari hali tirik”, — dedi Sog`liqni saqlash vazirligi vakili.

 

    Boshqa yangiliklar