AsosiyJamiyat

Toshkent Markaziy vokzali o`z faoliyatini avvalgi jadval bo`yicha boshlaydi

'Toshkent Markaziy vokzali o`z faoliyatini avvalgi jadval bo`yicha boshlaydi'ning rasmi

16 oktyabrdan boshlab Toshkent Markaziy vokzali o`z faoliyatini avvalgi jadval bo`yicha boshlaydi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati e`lon berdi.

Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo`nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin.  

Ya`ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O`zbekiston” poezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi. 

Hozirda Toshkent Markaziy vokzali va To`qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo`nalishlaridagi poezdlar 16 oktyabr sanasidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.  

 

    Boshqa yangiliklar