AsosiyDunyo

Livan Bosh vaziri urushni xohlamasligini aytdi

'Livan Bosh vaziri urushni xohlamasligini aytdi'ning rasmi

Livan urushga kirishmoqchi emas, lekin bu borada Hizbullohdan hali hech qanday kafolat olmagan. Bu haqda Livan bosh vaziri Najib Mikati Livan telekanallaridan birida ma`lum qildi.

Livan bosh vaziri Livan uchun asosiy narsa ishonch va barqarorlikni saqlash ekanini ta`kidladi.

"Biroq, vaziyat doimiy ravishda o`zgarib borayotgani bois, voqealar rivoji bo`yicha men ikki tomondan ham kafolat olmadim", dedi Mikati.

Livan Bosh vaziri Isroil Hizbullohga qarshi provokasion hujumlarini to`xtatishi kerakligini ta`kidladi. "Chunki Livan urushga kirishni istamaydi", dedi u.

Isroil-Falastin mojarosining kuchayishi fonida Isroil-Livan chegarasida murakkab vaziyat yuzaga keldi.

So`nggi paytlarda bu hudud Isroil armiyasi va Livan Hizbullohi o`rtasidagi o`zaro hujumlar sahnasiga aylandi.

7 oktyabr kuni ertalab XAMASning harbiy qanoti Izzad-Din al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to`foni operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. G`azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Xamasning aytishicha, operasiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo`ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektorida HAMASga qarshi o`nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 2200 dan ortiq falastinlik va 1300 isroillik halok bo`ldi.

Shuningdek, Isroil G`azo sektoriga suv va elektr ta`minotini to`sib qo`ygan va bu 2007 yildan beri blokadada bo`lgan mintaqadagi turmush sharoitini yanada yomonlashtirgan.

    Boshqa yangiliklar