AsosiyDunyo

Hamasning Isroilga qilgan hujumi oqibatida ikki tomondan halok bo`lganlar 1600 nafardan oshdi

'Hamasning Isroilga qilgan hujumi oqibatida ikki tomondan halok bo`lganlar 1600 nafardan oshdi'ning rasmi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G`azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Shundan beri ikki tomondan ham tinimsiz raketa zarbalari berilmoqda. Urush oqibatida G`azo sektorida kki tomondan qurbonlar soni 1600 dan oshdi. Yana  187 mingdan ortiq aholi o`z uylarini tashlab ketishga majbur bo`lgan.  Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma`lum qildi.

HAMAS harakati Isroilga qarshi raketa otishda davom etmoqda, Isroil kuchlari ham harakat pozisiyalariga intensiv hujumlar uyushtirmoqda.

Kecha, 9 oktyabr kuni HAMAS'ning Isroilga hujumi oqibatida jami 900 dan ortiq isroillik, shuningdek, chet el fuqarolari halok bo`lgan.

Isroil Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, kamida 2616 kishi jarohat olgan.

G`azo Sog`liqni saqlash vazirligi esa 687 falastinlik halok bo`lgani, yana 3800 nafari yaralanganini ma`lum qilgan.

Oxirgi 24 soat ichida G`azo sektoridagi ommaviy ko`chirilishlar soni 187 518 dan ortiq kishiga etdi va bundan buyon ham ortishi kutilmoqda. G`azoda jangovar harakatlar avj olgandan beri to`rtta maktab va sakkizta tibbiyot muassasasi zarar ko`rgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, G`azo sektorida vaqtinchalik ko`chirilganlar soni 2014 yilda 50 kunlik janglar avj olganidan beri eng yuqori ko`rsatkichdir.

    Boshqa yangiliklar